Hayit kuni metropoliten bir soat oldin ish boshlaydi

E’lon qilingan sana· 72
Hayit kuni metropoliten bir soat oldin ish boshlaydi

Oʻzbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart — yakshanba kuni nishonlanishi e’lon qilindi. Bayram kuni Toshkent metrosi ertaroq ish boshlashi ma’lum qilindi.

30-mart “Ramazon Hayiti” ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi va poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunida (31-mart, dushanba) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling