Toshkentda ikkita avtobus yoʻnalishi oʻzgartirilib, yangisi ochiladi

E’lon qilingan sana· 341
Toshkentda ikkita avtobus yoʻnalishi oʻzgartirilib, yangisi ochiladi

28-martdan poytaxtdagi ikkita avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Endilikda 190-sonli avtobus yo‘nalishi “Yangibozor AShB — Mashinasozlar metrosi” yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Keyin o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.

Shuningdek, 137-sonli avtobus Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi.

“Istiqbol mahallasi — Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” yo‘nalishi “Yangi Toshkent bekati — Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” deb nomlanadi.

Juma kuni 197-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi. U “O‘zbekiston mehmonxonasi bekati — Yangi Toshkent bekati” yo‘nalishida boʻladi. Ushbu yo‘nalish Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling