Aprel oyida ob-havo qanday boʻladi?

E’lon qilingan sana· 183
Aprel oyida ob-havo qanday boʻladi?

O‘zbekistonda aprel oyi — bahor faslining eng o‘rtasi bo‘lib, bunda bog‘larda daraxtlarning tez gullashi, sabzavot ekinlari va rezavor mevalar hosili shakllanishining boshlanishi davri. Oʻzgidromet aprel oyida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Aprel oyida havo haroratining tez ko‘tarilishi davom etadi. Hududning katta qismida aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyiga nisbatan 5−7 darajaga yuqori bo‘ladi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida havo jadalroq isiy boshlaydi, bunda aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyi qiymatlaridan 8−10 darajaga ko‘p bo‘ladi.

O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida 2022-yilning (me'yordan 3−5 darajaga yuqori) aprel oyi eng iliq bo‘ldi. Ushbu asrda hududning katta qismida 2009-yilning aprel oyi eng sovuq bo‘ldi.

Aprel oyidagi harorat foni ko‘pincha bahoriy beqaror bo‘ladi. Havoni bahoriy tez isishi qisqa davrga, ammo ba’zida juda sezilarli sovuqlar bilan davom etadi.

Eng iliq davrlarda havo harorati kunduz kunlari 28−33 darajagacha ko‘tariladi. Mutlaq maksimal harorat (kuzatuvlarning barcha qatori uchun eng yuqori qiymatlar) 35−37 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 38−39 darajani tashkil etadi.

Sovuq davrlarda, mart oyidagi kabi tez-tez emas, lekin ba’zida tungi harorat darajasi sovuqqacha pasayadi. Aprel oyidagi harorat foni ko‘pincha bahoriy beqaror bo‘ladi. Havoni bahoriy tez isishi qisqa davrga, ammo ba’zida juda sezilarli sovuqlar bilan davom etadi. Eng iliq davrlarda havo harorati kunduz kunlari 28−33 darajagacha ko‘tariladi. Mutlaq maksimal harorat (kuzatuvlarning barcha qatori uchun eng yuqori qiymatlar) 35−37 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 38−39 darajani tashkil etadi. Sovuq davrlarda, mart oyidagi kabi tez-tez emas, lekin ba’zida tungi harorat darajasi sovuqqacha pasayadi.

Aprel oyida juda quruq kunlar ham kuzatiladi, hududning katta qismida oy uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 5−30% ga oshmagan va ba’zi joylarda ular umuman kuzatilmagan. Bunday holat 1975-yil aprel oyida qayd etilgan edi. Toshkentda yomg‘ir atigi ikki marta yog‘gan va oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 2 mm (normaning 3%) ni tashkil etgan edi.

Aprel oyida yog‘ingarchilikning o‘ziga xos xususiyati uni hudud bo‘yicha tarqalishi o‘ta notekisligidir. Shunday aprel oylari ham kuzatilganki, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bir oy ichida me’yordan 3−5 marta ko‘p bo‘lgan.

O‘zbekistonda qor yog‘ishining eng kechki sanasi — 1989 yil 30-aprel kuni qayd etilgan. Bu hozircha O‘zbekistonda kuzatuvlar tarixidagi qaytarilmas holat bo‘ldi. Aprel oyida tog‘li hududlarda jadal qor erishi davom etadi. Oyning oxiriga, iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, qor faqat baland tog‘li hududlarda saqlanib turadi.

Bu yil aprel oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Oyining birinchi besh kunligida havo harorati 22−25 daraja iliqdan 27−30 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi besh kunligida havo harorati asosan 22−27 daraja iliqni tashkil etadi.

7-aprelda respublika shimolida, 8−10 aprelda markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 8−13 daraja iliqdan 2−7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 25−30 daraja iliqdan 10−15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling