Bolalar kutubxonasi yonidagi koʻcha bir oyga yopiladi

E’lon qilingan sana· 131
Bolalar kutubxonasi yonidagi koʻcha bir oyga yopiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” 27-martdan boshlab vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu koʻcha 7/24 ko‘chaga aylanmoqda, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholi, yo‘lovchilar va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan 27-mart soat 7:00 dan boshlab, 30-aprelga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yaxyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Hokimlik yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻragan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling