Shahrisabz shahridagi aeroport faoliyati qayta tiklandi

E’lon qilingan sana· 416
Shahrisabz shahridagi aeroport faoliyati qayta tiklandi

26-mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan so‘ng yana muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo qatnovini “Silk Avia” kompaniyasining US721 reysi ochib bergan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qo‘ngan.

Ma’lumot uchun, 13-mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi.

Ta’kidlanishicha, uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirilgan. Shuningdek, yurish yoʻlagini ta’mirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling