Statistika: Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrmoqda?
E’lon qilingan sana: · 306

Oʻzbekiston boʻylab FHDYO organlarida 2024-yilda jami 135 914 ta tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, mazkur bolalarning ota-onasi yosh guruhlari quyidagicha taqsimlangan:
Otaning yoshi:
- 25 yoshgacha — 10,7%;
- 25−39 yoshdagilar — 82,5%;
- 40 yosh va undan kattalar — 6,8%.
Onaning yoshi:
- 25 yoshgacha — 39,3%;
- 25−39 yoshdagilar — 59,5%;
- 40 yosh va undan kattalar — 1,2%.