"Yer soati" aksiyasi doirasida bir soatga "svetni" o‘chirib qo‘yishga chaqirilmoqda
E’lon qilingan sana: · 267

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekistonda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi. Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbusdan maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoraga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iborat.
“Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.