Navro‘z bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar manzillari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 392
Navro‘z bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar manzillari e'lon qilindi

Poytaxt hokimligi Toshkent shahridagi Navro‘z bayrami munosabati bilan turli tovarlarga chegirmali yarmarkalar tashkil etilgan oziq-ovqat bozorlari ro‘yxatini e’lon qildi .

Qayd etilishicha, dehqon bozorlari bayramona ruhida bezatilgan boʻlib, kuy-qoʻshiqlar yangramoqda.

Joylar:

  • Bektemir tumani — “Qo‘yliq” bozori;
  • Mirobod tumani — “Mirobod” bozori;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z” oziq-ovqat bozori (TTZ);
  • Sergeli tumani —"Sergeli" oziq-ovqat bozori;
  • Olmazor tumani — “Qoraqamish” oziq-ovqat bozori;
  • Uchtepa tumani — “Farhod” oziq-ovqat bozori;
  • Shayxontohur tumani — “Eski Juva” oziq-ovqat bozori (Chorsu);
  • Yashnobod tumani — “Aviasozlar” oziq-ovqat bozori (Kadishev);
  • Yunusobod tumani — “Yunusobod” va “Oloy” oziq-ovqat bozorlari;
  • Yakkasaroy tumani — “Askiya” oziq-ovqat bozori;
  • Chilonzor tumani — “Chilonzor” oziq-ovqat bozori.

Qayd etilishicha, mazkur bozorlarda 100 turdan ortiq sifatli oziq-ovqat mahsulotlari hamyonbop narxlarda sotilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling