Bahorgi fotosessiya uchun joy: milliy atmosferadagi fotostudiya

Oxirgi paytlarda milliy kiyimlarga e’tibor ham oshgan, koʻpchilikning egnida (juma kunidan tashqari ham) shunday kiyimlarni koʻrish mumkin. Xuddi metro bekatlari bilan boʻlgani singari, ularni har kuni koʻraverib, biz goʻzallikni oddiy qabul qilishga oʻrganib qolganmiz, chet ellik sayyohlar esa aynan tarixiy obidalarimizdan tashqari metro bekatlarimizga, milliy kiyimlarimizga alohida e’tibor qaratishadi.
Uzoq davom etgan qishdan keyin odam yangilik qilgisi keladi, bu uchun bahorga chiqib milliy ruhdagi fotosessiya amalga oshirish eng yaxshi variantlardan biri. Toshkent markazida shunday atmosferaga ega studiya bor — “Milliy Story”. Quyida shu haqda.
Instagram’da koʻzingiz tushgan boʻlsa kerak, koʻpchilik oila qurishdan oldingi fotosessiyasini milliy kiyimlarda qilyapti, agar oʻsha rasmlarda atrof ham shunga monand eski uslubda boʻlsa, bu aynan “Milliy Story” studiyasi.
Eng birinchi oʻrinda uning joylashuvini qayd etish kerak: Toshkent markazidagi “Ming Oʻrik” arxeologik yodgorligi yonginasida joylashgan, kirish ham aynan shu muzey orqali. Ya’ni bu yerda tarix va milliylik uygʻunlashgan.
Bu yerda 10 dan ortiq fotozona bor. Kiyim va aksessuarlar ham beriladi (bu uchun alohida toʻlov yoʻq). Obrazlar tanlovi keng, qizlarga ham, yigitlarga ham. Ammo studiya administratorining aytishicha, fotosessiyaga kelganlar 1 soatda oʻrtacha 3 xil lukda suratga tushishga ulguradi.
Bu studiyada professional kamera yoki smartfonda suratga olish uchun alohida toʻlov yoʻq. Ikkisi uchun ham bir xil narx, chunki ikki variantda ham studiya 1 soatga band qilinadi. Aniqlashtirish uchun: “Milliy Studio” faqatgina fotosessiya uchun joy boʻlib, fotograf bilan ta’minlamaydi, narx ham faqat joy uchun.
Ma’murning aytishicha, hozir mavsum yaqinlashmoqda, shu sababli endi studiya jadvali odatdagidan bandroq boʻladi, shu sababli shu yerda suratga tushishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, kamida bir hafta oldin u yerni band qilib qoʻyish tavsiya etiladi. Belgilangan vaqtda studiyada sizdan boshqa kishi boʻlmaydi.
Narx va lokatsiya
Endi asosiy ma’lumotlarga keladigan boʻlsak. “Milliy Studio"ni bir soatga band qilish — 1 200 000 soʻm. Yuqorida aytilganidek, bu narxga milliy kiyim va aksessuarlardan foydalanish kiradi, fotograf xizmat taqdim etilmaydi, siz oʻzingiz bilan olib kelishingiz kerak.
Joy band qilish uchun: Instagram, Telegram, (+998) 94−976−3006.
Studiya Moshtabib koʻchasi, 31-uyda joylashgan “Ming oʻrik” arxeologik yodgorligi yonida. Yandex va Google xarita xizmatlarida “Ming oʻrik” muzeyiga qidiruv berish mumkin.
Studiyadan koʻproq rasmlar quyida. Fotosessiyalardan misollarni esa studiya Instagram sahifasidan topishingiz mumkin.
