Respublika bolalar kutubxonasida Navroʻz dasturi

Respublika bolalar kutubxonasida Navroʻz tantanalari boʻlib oʻtadi.
15-mart
Kutubxona roʻpasaidagi xiyobon
11:30−16:00 (orada yarim soatli tanaffus bilan) — kutubxona ro‘parasidagi xiyobonda milliy ansamblning an’anaviy torli va puflama cholg‘ulari jo‘rligidagi kuy-qo‘shiqlar kun bo‘yi yangraydi.
Majlislar zali
12:00 — 13:00 — Yosh musiqachilarning bahorgi konserti
Ishtirokchilar kutubxonaning musiqa sinfida mashq qilishadi, sahnaga chiqishlarga tayyorgarlik ko‘rishadi, maromni his etish va notalarni o‘qishni o‘rganishadi. Konsert dasturidan ishtirokchilarning sevimli asarlari: klassik va estrada kompozitsiyalari, fortepiano, saksofon, gitara va vokal uchun qadrdon filmlardan olingan kuylar o‘rin olgan. Konsertni kutubxonaning musiqa sinfi o‘qituvchisi Lenora Nurullina olib boradi.
Kutubxona hovlisi
12:00 — 14:00 — Bayramona liboslar ustaxonasi
Ishtirokchilar rang, tekstura va naqshlarni uygu‘nlashtirgan holda jamalak sochlar uchun sochpopuklar, to‘qilgan bilaguzuklar va origami do‘ppilarini yaratish uchun katta stol atrofida yig‘iladi. Iplar, marjonlar va qog‘oz kerak bo‘ladi. Ular turli xil to‘qish usullarini sinab ko‘rib, bezaklarning ramziyligiga e’tibor qaratadi.
Tavsiya etilgan yosh: 9+. Kichik yoshdagi bolalar ota-onalari kuzatuvi ostida qatnashishlari mumkin.
13:00 — 13:40 — Bolalar kitob to‘garagi yig‘ilishi
Ishtirokchilar o‘zbek yozuvchisi Dinara Mo‘minovaning Asilaxon Shadixodjayeva rasmlari bilan bezatilgan “Sumalakning sehrli toshi” nomli yangi ertagini mutolaa va muhokama qiladi. Radioboshlovchi va kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda Navro‘z an’analari keksa avloddan bugungi yosh avlodga qay tarzda o‘tib kelayotgani haqidagi iliq hikoya bilan tanishadi.
Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
14:00 — 15:00 — Alisher Rahimov tomonidan kulolchilik buyumlariga gul solish bo‘yicha mahorat darsi
Ishtirokchilar taniqli toshkentlik ustalar sulolasi vakili Alisher Rahimov bilan birgalikda o‘zbek kulolchilik an’analari bilan tanishadi, naqsh tushirishni sinab ko‘rishadi.
15:00 — 16:00 — “O‘zbekcha gapiramiz” to‘garaning bayramona uchrashuvi
Ishtirokchilar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari bilan birga Navro‘zning mohiyati, ushbu kunda qanday qo‘shiqlar ijro etilishini hamda bayram dasturxonidagi yetti sovg‘a nimani anglatishini bilib oladi. Muloqot qurish hamda og‘zaki nutqni tushunishni amalda tatbiq etib, yangi so‘z va iboralarni bilib oladi. Tilni oz darajada bo‘lsa ham bilish olqishlanadi, ammo majburiy emas.
Muloqot tili: o‘zbek tili, yordamchi til sifatida rus tilidan foydalaniladi
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
15:00 — 16:30 — stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi yig‘ilishi
Qatnashchilar e’tiborini “Qochirimlar” o‘yiniga qaratadi. So‘zlarni tovushlar bilan tasvirlash, ularni ko‘zni yumib chizish, orqadan oldinga talaffuz qilish kabi 7 ta qiziq usuldan foydalangan holda turli tushunchalarni izohlashni o‘rganadi.
Muloqot tili: rus va o‘zbek tillari
Tavsiya etilgan yosh: 7+
16:00 — 17:00 — O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining bolalar uchun “Karvonsaroy” spektakli
Kutubxona amfiteatri karvonsaroyga — qadim zamonlarda sayohatchilar hikoyalar, yangiliklar va ertaklar almashinadigan maskanga aylanadi. Qo‘g‘irchoq teatri orqali o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishadi: qo‘g‘irchqlar quvnoq raqsga tushishadi, qiziqchi-hajvchi milliy kurash sahnasini namoyish etadi, qo‘lqopli qo‘g‘irchoqlar esa ertak bilan o‘rtoqlashadi. Ushbu tomosha zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri tili orqali hikoya qilingan o‘zbek san’ati an’analari haqidadir.
16-mart
Kutubxona roʻpasaidagi xiyobon
11:30−16:00 (orada yarim soatli tanaffus bilan) — kutubxona ro‘parasidagi xiyobonda milliy ansamblning an’anaviy torli va puflama cholg‘ulari jo‘rligidagi kuy-qo‘shiqlar kun bo‘yi yangraydi.
12:00 — 14:00 — Bayram liboslari ustaxonasi
Ishtirokchilar keng stol atrofida to‘planib, jamalak sochlar uchun sochpopuklar, to‘qilgan bilaguzuklar va origami do‘ppilarini yasaymiz. Iplar, munchoqlar va qog‘ozdan ranglar, marjonlar va naqshlarni uyg‘unlashtirgan holda bayram aksessuarlarini yaratadi. Turli to‘qish usullarini qo‘llab ko‘ramiz va naqshlarning ramziy ma’nosi bilan tanishadi.
Tavsiya etilgan yosh: 9+. Kichik yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birga ishtirok etishlari mumkin.
13:00 — 13:40 — Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi
Ishtirokchilar o‘qituvchi Karina Javliyeva bilan birgalikda fransuz yozuvchisi Miriam Uessadning Ani Klauss rasmlari bilan bezatilgan “Daraxt qo‘riqchisi” kitobini mutolaa va muhokama qiladi. Do‘stlik, zamon va tabiat haqidagi ta’sirli hikoya bilan tanishadi.
Muloqot tili: rus tili.
Tavsiya etiladigan yosh: 6+.
14:00 — 15:00 — Fokuschi Furqat Qurbonov bilan uchrashuv
Ishtirokchilar ko‘zboylog‘ich Furqat Qurbonovning ajoyib hunarini sahna ortidan kuzatadi. Nima uchun sirk maktabida barcha fokuslarni o‘zlashtirib bo‘lmasligini, sehrgarlik ortida nima yashiringanini va nima uchun ko‘zboylog‘ich nafaqat fokuslar ustasi, balki ozroq psixolog, aktyor va rejissyor ekanligini bilib oladi. Ijro texnikasi haqida suhbatlashadi, qo‘l mashqini o‘zlashtiradi va kichik sehr-jodu janridagi bir nechta tryuklarni o‘rganadi.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari.
Tavsiya etilgan yosh: 6+.
15:00 — 16:30 — Oilaviy stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi yig‘ilishi
Qatnashchilar bayram kunlari turli avlod vakillarini bir stol atrofida birlashtiradigan italyancha “Loto” o‘yinini o‘ynaydi. Qoidalar juda oddiy bo‘lib, o‘yinchilar raqamli varaqchalarni olishadi, boshqaruvchi esa xaltachadan raqamli shaklchalarni chiqarib o‘qib eshittiradi. Ko‘rsatilgan sonlarni fishkalar bilan yopish kerak, varaqchadagi barcha raqamlarni birinchi bo‘lib to‘ldirgan o‘yinchi g‘olib deb topiladi. Bingo!
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari.
Tavsiya etilgan yosh: 9+.
16:00 — 17:00 — So‘zana ustasi Yulduz Muhiddinova bilan uchrashuv
Ishtirokchilar toshkentlik mashhur hunarmand va so‘zana tadqiqotchisi Yulduz Muhiddinova bilan birgalikda so‘zana buyumlarining yaratilishi, mato an’anaviy tarzda qanday naqshlar bilan bezatilishi va ayollardan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ramzlar nima ma’noni anglatishini bilib oladi. Igna qanday qilib bunyodkorlik quroliga, angishvona himoya ramziga, ipak esa o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi rishtaga aylanishi haqida suhbatlashadi.
Muloqot tili: o‘zbek tilida, rus tiliga sinxron tarjima bilan.
Tavsiya etilgan yosh: 9+.
Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish zarur.