Haqiqiy bahor: hafta davomida havo isib boradi

E’lon qilingan sana· 134
Haqiqiy bahor: hafta davomida havo isib boradi

Hafta davomida poytaxtda iliqroq harorat va piyoda yurish uchun qulay boʻlgan oʻrtacha iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.

Seshanba kunduzi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +19° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham havo biroz bulutli boʻladi, lekin “tutun paydo boʻlishi oqibatida” koʻrish imkoniyati pasayadi. Harorat +6° gacha pasayadi.

12-mart kuni havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +19° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi qisman bulutli boʻlishi, “tutun hosil boʻlishi oqibatida” koʻrish imkoniyati pasayishi va harorat +6 ° gacha tushadi.

Payshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +19° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat +6° gacha tushadi.

14-mart kuni tushdan keyin poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +20° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechasi ham havo biroz bulutli boʻladi, “tutun hosil boʻlishi oqibatida” koʻrish imkoniyati pasayadi va harorat +7° gacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling