Milliy teatrda "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 997
Milliy teatrda "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkaziladi

Oʻzbek milliy akademik drama teatrida mart oyida bir hafta “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi. Bunda spektakllarga kirish bepul boʻladi.

Milliy teatrda 21−27-mart kunlari namoyish etiladigan spektakllarga kirish bepul boʻladi. Ushbu kunlari quyidagilar namoyish etiladi:

  • 21-mart — “Jaloliddin Manguberdi” (drama);
  • 22-mart — “Skapenning nayranglari” (komediya);
  • 23-mart — “Adolat fasli” (drama);
  • 24-mart — dam olish kuni;
  • 25-mart — “Er-xotinning urushi” (jiddiy komediya);
  • 26-mart — “Sadoqat bilan” (drama);
  • 27-mart — “Usmon Nosir” (drama).

Ushbu spektakllarga chiptalarni 10-martdan boshlab teatr kassasidan bepul olish mumkin.

Diqqat: yuqoridagi jadvalga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling