Toshkent hayvonot bogʻining ish jadvali oʻzgardi
E’lon qilingan sana: · 278

Toshkent hayvonot bogʻining ish jadvalida oʻzgarishlar yuz berdi. Bu haqda bog' rasmiy sahifasida xabar berildi.
Xabarga koʻra, Toshkent hayvonot bogʻining kassasi soat 08:00 dan 18.00 gacha ishlaydi. Ekskursiyalar uchun esa bog' 7 kun davomida soat 08:00 dan 19:00 gacha ochiq boʻladi.
Bundan tashqari, klimatron boʻlimi 18:30 gacha ishlaydi.
Ma’lumot uchun, Toshkent hayvonot bog‘ining asosiy kirish eshigi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan asosiy kirish joyi yonida qo‘shimcha kirish eshigi va Bog‘ishamol koʻchasi, 57-uyda bepul avtoturargohga ega ikkinchi kirish eshigi ochilgan.