Xorijiy atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish taklif etildi

E’lon qilingan sana· 312
Xorijiy atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish taklif etildi

Terminologiya komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 30 ta xorijiy terminni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha taklif etilgan variantlarni ko‘rib chiqdi.

Unga koʻra:

  • aysberg — muztog‘;
  • aksiya — yalpi harakat;
  • balansirovka — muvozanatlashtirish;
  • bruschatka — yo‘lg‘isht;
  • vnedorojnik — yo‘ltanlamas;
  • diskussiya — bahs, munozara;
  • dostavka — yetkazish;
  • zona — hudud;
  • instrument — ish quroli;
  • intensiv — jadal;
  • kamera — bo‘lma;
  • karving — meva bezakchiligi.
  • konstruksiya — tuzilma;
  • koordinator — muvofiqlashtiruvchi;
  • koridor — yo‘lak;
  • kuler — suvlik;
  • keshbek — hadya-qaytim;
  • lider — yo‘lboshchi, yetakchi;
  • marshrut — yo‘nalish;
  • navigator — yo‘llagich;
  • oprava — ko‘zoynak bandi;
  • probeg — yurim;
  • poverbank — kuchlantirgich;
  • progress, progressiv — ilg‘or, rivojlanish;
  • polik — to‘shama;
  • svetofor — yo‘lchiroq;
  • selfi — o‘zchekim;
  • set (ovqatlardan) — to‘plam;
  • chellenj — chorlov;
  • ekspluatatsiya — foydalanish.

Qayd etilishicha, bu yakuniy versiya emas va ishchi guruh taklif etilayotgan shartlarning milliy ekvivalentlariga oid boshqa fikr va mulohazalar uchun ham ochiq.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling