Oʻzbekistonda Temu 20-martdan cheklanadi

E’lon qilingan sana· 586
Oʻzbekistonda Temu 20-martdan cheklanadi

20-martdan O‘zbekistonda Xitoyning “Temu” marketpleysi faoliyati cheklanadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

2025-yilning 1-iyulidan mamlakatda elektron tijorat operatorlari, xususan elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, Oʻzbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini o‘rganish jarayonida ayrim elektron savdo platformalari tomonidan O‘zbekistonning elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotgani aniqlangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq, 2025-yilning 20-martidan xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, “Temu” platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi.

Agentlik tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, fuqarolardan bugun, 4-martdan boshlab “Temu” platformasida buyurtma bermaslikni soʻragan. Agar buyurtma bundan oldin buyurtma qilingan bo‘lsa, platformadan to‘lovni qaytarib olish tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling