O‘zbekistonning IV Milliy mehmondo‘stlik mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

26-fevral kuni Hotel Business Forum 2025 xalqaro forumi doirasida “O‘zbekiston IV Milliy mehmondo‘stlik mukofoti"ni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2021-yildan buyon O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari uyushmasi tashabbusi va Turizm qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovning maqsadi mamlakatning turistik jozibadorligini oshirish va turizm va mehmondoʻstlik sohasida xizmatlar sifatini oshirishdan iborat.
Bu yil tanlovda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan mehmonxonalar va turar joylar ishtirok etdi. Ishtirokchilar geografiyasi butun mamlakatni qamrab oldi — Toshkentdan Nukusgacha. Jami 310 ta ariza topshirilib, “Eng yaxshi mini-mehmonxona”, “Eng yaxshi mehmonxona nonushtasi”, “Yil kashfiyoti” kabi 37 nominatsiya bo‘yicha 44 nafar g‘olib aniqlandi.
- Eng yaxshi eko-mehmonxona — Wyndham Garden Zomin;
- Madaniy meros obyekti hududida joylashgan eng yaxshi mehmonxona — Zarafshon Boutique Hotel;
- Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun eng yaxshi mehmonxona konsepsiyasi — Wyndham Buxoro;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi kichik mehmonxona — Praga Hotel;
- Mintaqadagi eng yaxshi kichik mehmonxona — Xiva Residence Hotel;
- Mintaqadagi eng yaxshi biznes-mehmonxona — Farovon Xiva Hotel;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi biznes -mehmonxona — Hilton Tashkent City;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi mini-mehmonxona — Qo‘noq Railway Hotel;
- Mintaqadagi eng yaxshi mini-mehmonxona — Times Hotel;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi butik mehmonxona — Oscar Boutique Hotel;
- Mintaqadagi eng yaxshi butik mehmonxona — Bog‘izag‘on Hotel;
- Eng yaxshi SPA mehmonxona — InterContinental Tashkent;
- Eng yaxshi apart-otel — Stylo Residences & Suites;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi shahar mehmonxonasi — Hotel Inspira-S Tashkent;
- Mintaqadagi eng yaxshi shahar mehmonxonasi — Hilton Garden Inn Samarqand;
- Mintaqadagi eng yaxshi MICE mehmonxonasi — Hilton Samarkand Regency;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi MICE mehmonxonasi — Hyatt Regency Tashkent;
- Eng yaxshi mehmonxona dizayni — Kohinur Plaza Hotel & SPA;
- Oilaviy dam olish uchun eng yaxshi mehmonxona — Pyramids Resorts, Chorvoq;
- Eng yaxshi shahar tashqarisidagi mehmonxona — Zamindor Resort;
- Eng xavfsiz mehmon uyi — Comfortable Home Stay Guest House;
- Eng yaxshi xostel — Safarov’s Family Hostel;
- Toshkent shahridagi eng yaxshi mehmonxona nonushtasi — Crowne Plaza Tashkent;
- Mintaqadagi eng yaxshi mehmonxona nonushtasi — Hilton Samarkand Regency;
- Mehmonxonadagi eng yaxshi restoran — Mercure Bukhara Old Town Hotel;
- Mintaqada gastroturizmni targ‘ib qilish — Sofra Restaurant;
- Mehmonxonadagi eng yaxshi ta’minotchi — Ostrovok;
- Kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi — Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Xalqaro turizm akademiyasi;
- Eng yaxshi oziq-ovqat va ichimliklar menejeri — Farrux Inogamov (Wyndham Garden Zomin);
- Qabul qilish va joylashtirish xizmatining eng yaxshi menejeri — Sergey Kulish (The Elements Hotel);
- Eng yaxshi xonadon xo‘jaligi menejeri — Gulchehra Axmedova (Navruz Hotel Tashkent);
- Savdo bo‘yicha eng yaxshi direktor — Valeriya Xanenkova (Kohinur Plaza Hotel&Spa);
- Eng yaxshi oshpaz — Sanjar Muhiddinov (Silk Road Samarkand);
- “yashil yechimlar” bo‘yicha eng yaxshi yetakchi — Silk Road Samarkand Eco village;
- Eng yaxshi eko-turistik klaster — Ayoz Yurt;
- Eng yaxshi bosh menejer — Akmal Muratqulov (Zamindor Resort Hotel), Erik Seyler (InterContinental Tashkent), Elmurod Sapiyev (Hilton Tashkent City);
- Yilning kashfiyoti — Burchmulla Mountain Resorts, Atour Hotel, Azimut Hotel Moderno Tashkent, Baden-Baden Hotel, Tinchlik Plaza Hotel, Hilton Garden Inn Termez Airitom.