Toshkentda “PDP Vision 2030” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi “Trilliant” biznes majmuasida 27-fevral kuni O‘zbekistonda IT sohasi kelajagiga bag‘ishlangan “PDP VISION 2030” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, tadbir PDP EcoSystem tomonidan tashkil etilgan. Unda Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT mutaxassislarini tayyorlash istiqbollari muhokama qilingan.
Mazkur taqdimotda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, yirik biznes egalari, IT sohasi mutaxassislari, bloger va inflyunserlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida PDP EcoSystem asoschisi Odilbek Mirzayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston IT sanoatining jadal rivoji, raqamli ekotizimni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda PDP EcoSystem doirasida rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, “PDP VISION 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi. Jumladan, IT ta’limini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion dasturlarni ishga tushirish borasidagi tashabbuslar ommaga taqdim etildi.
PDP EcoSystem tomonidan yangi yo‘nalishlarning ishga tushirilishi e’lon qilindi. Bular:
- PDP College — zamonaviy IT kasblarini o‘rgatuvchi innovatsion ta’lim maskani;
- PDP Invest — IT startaplarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish platformasi;
- PDP Synergy — IT mutaxassislarini biznes bilan bog‘lovchi tarmoq;
- PDP Elevator — yosh iqtidorlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur.