Toshkentda haftaning birinchi qismi sovuq boʻlishi, ikkinchi qismidan boshlab isishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 385
Toshkentda haftaning birinchi qismi sovuq boʻlishi, ikkinchi qismidan boshlab isishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 10—14-fevral kunlari uchun kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Dushanba kuni tushdan keyin bulutli ob-havo kuzatilishi kutilmoqda, “tutun paydo boʻlishi natijasida” koʻrish imkoniyati pasayadi va harorat +5 darajagacha koʻtariladi. Kechasi qor yogʻishi (ehtimolligi 40%) va harorat 0° gacha tushishi kutilmoqda.

11-fevral kuni ertalab qor yogʻishi kutilmoqda (ehtimolligi 50%). Kunduzi havo harorati +4° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi qor yogʻishi (ehtimolligi 40%), “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrish imkoniyati pasayishi va harorat 0 ° ga tushishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni tushdan keyin havo bulutli boʻlishi kutilmoqda, havo harorati +6° gacha koʻtariladi. Kechasi bulutli ob-havo kuzatiladi, havo harorati +1° gacha tushadi.

13-fevral kuni sezilarli bulutli boʻlishi va kunduzi haroratning +10° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi harorat +1° gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni poytaxtda havo harorati +9° gacha koʻtarilib, sezilarli bulutli boʻlishi kutilmoqda. Dam olish kunidan oldingi kechada sezilarli bulutli boʻlishi kutilmoqda, “tutun paydo boʻlishi natijasida” koʻrish imkoniyati pasayadi va harorat +2 ° gacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling