"Afrosiyob" poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi
E’lon qilingan sana: · 448

2025-yil 10-fevral kunidan “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini boshladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, bugun Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olingan.
Eslatib oʻtamiz, 1-fevraldan boshlab mahalliy yoʻnalishdagi poyezd chiptalari narxi yana oshirilgan. Yangi narxlar bu yerda.