Rassom va san’at arboblari tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi

E’lon qilingan sana· 285
Rassom va san’at arboblari tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi

Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazida 5-may — 29-iyun kunlari mahalliy va xalqaro rassom hamda kuratorlar uchun tanlov boʻlib oʻtadi. Ushbu tanlovga arizalar qabul qilish boshlandi.

Nomzodlar rezidentlik uchun rejalashtirilgan tadqiqot maqsadlari va ijodiy loyihani tavsiflovchi ariza topshirishi kerak.

Art-rezidensiyalar “Namuna” va “Hastimom” tarixiy mahallalarida joylashgan boʻlib, 4 nafar rassom birinchi manzilda, bir nafar kurator esa ikkinchi manzilda tadqiqot oʻtkazadi.

Arizalar ushbu havola orqali topshiriladi va 5-martgacha qabul qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling