Olmazor tumanida ham gastronomik koʻcha tashkil qilinadi

Poytaxtdagi yana 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Xususan, Olmazor tumanidagi 17 ta ko‘chadan o‘tgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yo‘lni gastronomik ko‘chaga aylantirish loyihasi ma’qullandi. Ushbu ko‘chada 250 ta savdo va servis obyektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish o‘rni yaratiladi.
Yig‘ilishda poytaxtdagi yana 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga ko‘paytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mirobod tumanidagi Shevchenko koʻchasida Toshkentdagi ilk gastronomik koʻcha ochilgandi. Shuningdek, Sergeli tumani da va Shota Rustaveli koʻchasida ham shunday koʻcha tashkil qilinishi xabar berilgandi.