O‘zbekistonlik birinchi inson Janubiy qutbga yetib bordi
Aleksandr Trach O‘zbekistonning Janubiy qutbga yetib borgan ilk fuqarosi sifatida tan olindi — bu ma’lumot ekspeditsiya tashkilotchilari tomonidan tasdiqlandi. Ekspeditsiya 2025-yilning 4-yanvaridan 12-yanvarigacha davom etdi. Jamoa 10-yanvar kuni Janubiy qutbga erishdi.
Janubiy qutbni zabt etish Aleksandrga O‘zbekistonning ikkala qutbga yetib borgan birinchi fuqarosi bo‘lish imkonini berdi. 2021-yilda u Shimoliy qutbga yetib borgan O‘zbekistonning birinchi fuqarosi bo‘lgan edi. Ekspeditsiya 2021-yilning 10−22 iyul kunlari oralig‘ida amalga oshirilgan. O‘sha yili jamoada ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lganligi sababli, 15-iyul kuni qutb nuqtasiga yaqinlashganda Aleksandr birinchi bo‘lish uchun kema tumshug‘iga ko‘tarilgandi.
Shimoliy qutb, 2021-yil
Farg‘onalik sayyoh Aleksandr Trach hozirgi kunga kelib BMTning 66 ta davlatiga va BMT a’zosi bo‘lmagan mamlakatlar bilan birga jami 80 dan ortiq mamlakatga tashrif buyurgan.
“Janubiy qutbda 2−3 soat bo‘lishimiz kerak edi, ammo ob-havo tez buzila boshladi. Uchib keta olmasligimiz xavfi tug‘ildi. Bir yarim soatdan so‘ng barcha kemaga chiqish va tezda uchib ketish haqida buyruq berildi. Janubiy qutbning dengiz sathidan balandligi 2800 metr…” — deya o‘z Instagram sahifasida yozadi Aleksandr.
Aleksandrning ta’kidlashicha, Antarktidada harorat kuchli tebranishi mumkin. Qutb kunining yorug‘ qismida harorat biroz iliqroq bo‘ladi.