Yaqin besh kun ichida havo harorati noldan pastga tushmaydi

E’lon qilingan sana· 117
Yaqin besh kun ichida havo harorati noldan pastga tushmaydi

13−17-yanvar kunlari Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +12° gacha koʻtariladi. Kechasi biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat 0 gradusgacha tushishi mumkin.

14-yanvar kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +13° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, harorat +1° gacha tushadi.

Chorshanba kuni tushdan keyin sezilarli bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati +11° gacha koʻtariladi. Kechasi ham Toshkent osmonida bulutlar saqlanib qialdi va havo harorati +2 ° gacha tushadi.

16-yanvar kuni kunduzi Toshkentda havo harorati +11° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi — bulutli, harorat +3 ° dani koʻrsatadi.

Juma kuni ham bulutli boʻlishi kutilmoqda, havo harorati +10° gacha koʻtariladi. Dam olish kuniga oʻtar kechasi bulutli bo‘lib, havo harorati +3° gacha tushishi kutilmoqda.