«Yangi yil, yangi men»: o‘zbekistonliklar o‘zlariga qanday yangi yil va’dalarini berdi

E’lon qilingan sana· 517
«Yangi yil, yangi men»: o‘zbekistonliklar o‘zlariga qanday yangi yil va’dalarini berdi

Uzum Market yanvar oyining birinchi haftasidagi buyurtmalar statistikasi bilan o‘rtoqlashdi. Ommabop xaridlar orasida sport tovarlari va o‘quv adabiyotlari bor.

Yangi yilning boshlanishi an’anaviy ravishda ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun o‘zlarining eng yaxshi versiyasiga aylanish va yangi odatlarni joriy qilishni boshlash uchun sabab bo‘ladi. 2025-yil ham istisno bo‘lmadi — yangi yilning dastlabki kunlaridayoq mamlakat aholisi rejalarni amalga oshirishga kirishdi.

Uzum Market milliy marketpleysining ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilgi ommabop Yangi yil va’dalari salomatlik va jismoniy tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Yanvar oyining birinchi haftasida sport tovarlariga bo‘lgan talab dekabr oyining shu davriga nisbatan 8 barobarga oshdi. Fitnes rezinkalari, sport kiyimlari va aksessuarlari, velotrenajorlar, yugurish yo‘lakchalari asosiy xaridlar hisoblanadi.

Jamoaviy sport turlari orasida nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham futbol yetakchilik qildi — ota-onalar yosh futbolchilarni yangi mavsumga faol tayyorlab, to‘plar, formalar va butsalar sotib olmoqda.

Shuningdek, rejalashtirish va ishlarni tashkillashtirish uchun tovarlar ham ommabop xaridlar sirasiga kiradi. Planerlar, bloknotlar va kundaliklarga bo‘lgan talab dekabr oyining birinchi haftasiga nisbatan 3 barobarga oshdi. O‘zbekistonliklar yangi yilning dastlabki kunlaridanoq o‘z vaqtlarini samarali tashkil etishga, rejalar tuzishga, vazifalar va orzularini yozib qo‘yishga faol kirishmoqda.

Yil boshidan buyon foydalanuvchilar nafaqat sport va “time-management”, balki o‘qish bilan ham faol shug‘ullandi — Uzum Market’da o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan talab deyarli 5 barobarga oshdi. Sotuvlar reytingida ingliz tili imtihonlariga tayyorlanish uchun kitoblar yuqori o‘rinni egallamoqda.

Umuman olganda, Uzum Market milliy marketpleysida butun mamlakat bo‘ylab 12 000 dan ortiq tadbirkorlarning 1 milliondan ortiq noyob tovarlari taqdim etilgan va topshirish punktlari tarmog‘i butun O‘zbekiston bo‘ylab 253 ta aholi punktini qamrab olgan.

Reklama huquqlari asosida.