Endi Xoʻjakentga poyezdlar Janubiy vokzaldan harakatlanadi

E’lon qilingan sana· 340
Endi Xoʻjakentga poyezdlar Janubiy vokzaldan harakatlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

10-yanvardan boshlab Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanuvchi tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan yuradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Bungacha ushbu yoʻnalishdagi poyezdlar Shimoliy vokzaldan harakatlangan.

Yo‘nalish jadvali quyidagicha:

  • 7201-sonli Toshkent janubiy — Xo‘jakent: Toshkent janubiy 06:24 — Xo‘jakent 07:43;
  • 7202-sonli Xo‘jakent — Toshkent janubiy: Xojikent 08:20 — Toshkent janubiy 09:41;
  • 7203-sonli Toshkent janubiy — Xo‘jakent: Toshkent janubiy 12:39 — Xo‘jakent 13:58;
  • 7204-sonli Xo‘jakent — Toshkent janubiy: Xo‘jakent 14:33 — Toshkent janubiy 15:54;
  • 7205-sonli Toshkent janubiy — Xo‘jakent: Toshkent janubiy 18:35 — Xo‘jakent 19:54;
  • 7206-sonli Xo‘jakent — Toshkent janubiy: Xo‘jakent 20:23 — Toshkent janubiy 21:42;
  • 6440-sonli Xo‘jakent -Toshkent janubiy: Xo‘jakent 06:22 — Toshkent janubiy 08:56;
  • 6442-sonli Xo‘jakent -Toshkent janubiy: Xo‘jakent 05:20 — Toshkent janubiy 07:53.

Eslatib oʻtamiz, 22024-yil dekabri boshida “Toshkent — Xoʻjakent — Toshkent” yoʻnalishida yangi tezyurar elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilgandi. U manzilga 1 soat-u 24 daqiqa yetib boradi. Chipta narxi kattalar uchun 20 000 soʻm, bolalar uchun 11 500 soʻm. To‘lovni ATTO transport kartasi orqali to‘lash yoki onlayn chipta xarid qilish mumkin.