1-fevraldan poyezd chiptalari narxi yana oshadi

E’lon qilingan sana· 631
1-fevraldan poyezd chiptalari narxi yana oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab mahalliy yoʻnalishdagi poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi.

Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi. Shunday qilib, “Afrosiyob” uchun chiptalar narxi:

Toshkent — Samarqand:

  • Ekonom — 294 ming so‘m;
  • Biznes — 450 ming so‘m;
  • VIP — 619 ming so‘m.

Toshkent — Qarshi:

  • Ekonom — 406 ming so‘m;
  • Biznes — 634 ming so‘m;
  • VIP — 854 ming so‘m.

Toshkent — Buxoro:

  • Ekonom — 484 ming so‘m;
  • Biznes — 751 ming so‘m;
  • VIP — 994 ming so‘m.

Shuningdek, 1-fevraldan mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi (yotoqli) poyezdlar chipta narxining tarif qismi ham 10,5%ga oshiriladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, narxlar temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu 2024-yil 1-yanvardan beri 4-bor narx koʻtarilishi. Bundan oldin oxirgi marta 2024-yil 1-iyulda mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilgandi.