Endi avtobuslarda naqd pul bilan toʻlab boʻlmaydi, QR kodli chiptani qanday olish mumkin?

E’lon qilingan sana· 1 423
Endi avtobuslarda naqd pul bilan toʻlab boʻlmaydi, QR kodli chiptani qanday olish mumkin?

2025-yil 1-yanvardan boshlab poytaxtda avtobuslarida safar uchun naqd pul qabul qilish rasman toʻxtatildi. Biz avtobus uhcun bir martalik chiptani qanday sotib olish va ishlatish mumkin ekanini tushuntiramiz.

2025-yil poytaxt avtobuslarida toʻlovni naqd pulda amalga oshirishni istaganlar uchun chipta narxi oshirildi va bir martalik chiptalarni faqatgina maxsus infokiosklar orqali xarid qilish mumkin boʻldi. Avtobus haydovchilariga toʻlovni naqd pulda qabul qilish taqiqlandi.

ATTO xizmatidan yoki kontaktsiz toʻlovga ega bank kartalaridan foydalanayotgan yoʻlovchilar uchun hech narsa oʻzgarmadi — peresadkalar uchun bonusli tariflar saqlanib qoldi va 1700 soʻmlik yoʻl haqi oʻzgarishsiz qoldi. Naqd pul ishlatadiganlar uchun 3000 so‘mlik alohida QR chiptalar joriy qilingan.

QR chiptalarni qayerdan sotib olish mumkin?

Poytaxtning avtobus bekatlarida va boshqa manzillarda joylashgan “Paynet”, “MultiPay” va “Oson” infokiosklarida naqd pulni avtobus chiptasiga almashtirish mumkin — ular odatiy bankomatlarga oʻxshaydi va shahar boʻylab 5 mindan ortiq;

“Paynet” saytida yozilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha jami 25 000 ta naqd to‘lov shoxobchasi o‘rnatilgan, biroq ularning qanchasi poytaxtda joylashganligi aytilmagan. Rasmiy veb-saytda barcha infokiosklar joylashuvi ko‘rsatilmagan, shuning uchun biz avtobus chiptasini sotib olish nuqtasini topish uchun boshqa variantlar keltiramiz:

Infokiosklar har bir bekatda oʻrnatilmagan va siz poytaxtning markaziy joylaridan qanchalik uzoqda boʻlsangiz, shuncha kam boʻladi.

Ushbu chiptani qanday sotib olish mumkin?

Maqola yozilayotgan paytda faqat “Paynet” orqali avtobus chiptasini sotib olish imkoni bor, shuning uchun biz misol tariqasida ushbu tizim yordamida jarayon haqida gapiramiz. Shuni esda tutish kerakki, infokioskka yirik kupyura kiritsangiz, naqd pul koʻrinishida qaytim bermaydi — undan 3 ming soʻm olib qolib, qolganini telefon raqamingizga oʻtkazib beradi.

Faol infokiosk topilgandan keyin toʻlov jarayoni boshlanadi:

  1. Infokioskning asosiy ekranining yuqori oʻng tomonida avtobus chiptasini sotib olish uchun katta boʻlim bor — uni bosishingiz kerak;

  2. Keyin siz qaytimni telefon balansiga toʻlov uchun chek sifatida qabul qilishga rozilik berishingiz kerak;

  3. Keyingi qadam telefon raqam kiritish;

  4. Keyin kiritilgan ma’lumotlarni tekshirishingiz mumkin;

  5. Eng muhim jihat — naqd pul kiritish (infokiosklar 1000, 5000, 10 000, 50 000 va 100 000 soʻmlik kupyuralarni qabul qiladi);

  6. Pul qabul qilingandan soʻng pastki oʻng burchakdagi “toʻlash” tugmasini bosishingiz kerak;

  7. Keyin siz yana “chop etish” tugmasini bosishingiz kerak, toʻlov muvaffaqiyatli boʻlsa, QR chipta chiqarib beriladi;

  8. Boʻldi, tugadi: 8-amalga kelib yoʻlovchi chipta sotib oldi (jarayon bir yoki ikki daqiqa davom etadi).

Muhim: chiptani olganingizdan soʻng uni xavfsiz va butun saqlashingiz kerak, aks holda QR kod ishlamasligi mumkin.

To‘lov jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelsa, siz infokiosk qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin — bu infokioskda ko‘rsatilgan boʻladi va Paynet’da bu (+998) 71−202−0707.

QR chiptasi bilan safar uchun toʻlov

Barchasi shu bilan tugamaydi. Bu orada avtobusingizni oʻtkazib yuborishingiz mumkin. Avtobus kelgandan soʻng, bir nechta qoidalarga amal qilish muhim:

  • avtobusga haydovchining yonidagi eshikdan kiring — faqat old eshikdagi validator ostida QR chipta skaneri mavjud (eslatma: validator — bu eshiklar yaqinidagi tutqichlardagi narsa boʻlib, yoʻlovchilar yoʻl haqini toʻlash uchun kartalarini tekkizadi);

  • Keyin siz chiptani skanerlashingiz kerak, uni validatorning pastki qismiga 10 santimetr masofada olib keling;

  • QR chiptasi yordamida yo‘l haqini to‘lash muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng validator ekranida yashil tasdiq belgisi paydo bo‘ladi — endi avtobusga kirishingiz mumkin;

  • Chipta nazoratchi tekshirishi uchun safar oxirigacha saqlanishi kerak.

Muhim: QR chipta bir martalik chipta boʻlib, faqat bir kalendar kuni uchun amal qiladi.

Nikita Davidov
Muallif va fotosuratchi
Nikita Davidov