“Coca-Cola” yuk mashinalarining yangi yil karvonlari Toshkent boʻylab sayohat qilmoqda – marshrut
25−30-dekabr kunlari Toshkent koʻchalari boʻylab har kuni “Coca-Cola” yuk avtomobillarining bayramona yangi yil karvoni o‘tadi. Yuk mashinalari karvonining shahar bo‘ylab harakatlanishi bilan bir qatorda, poytaxtning to‘rtta bog‘ida musiqiy chiqishlar, interaktivlar va bayramona muhit yaratish rejalashtirilgan.
25, 28 va 30-dekabr kunlari soat 19:00 dan 20:00 gacha O‘qchi, Botir Zokirov, Alisher Navoiy, Furqat, Bobur, Shota Rustaveli, Shahrisabz, Nukus, Istiqbol, Farg‘ona yo‘li, Bektemir va Oltin topgan ko‘chalarida yuk mashinalarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
26-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha karvon Alisher Navoiy, Afrosiyob, Shahrisabz, Said Baraka ko‘chalari, Amir Temur shohko‘chasi, Istiqbol, Farg‘ona yo‘li, Bektemir va Oltin topgan ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.
27-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha yuk mashinalari Maxatma Gandi, Movarounnahr, Maxtumquli, Mirzo Ulug‘bek, Mustaqillik va Amir Temur shoh, Shahrisabz, Istiqbol, Farg‘ona yo‘li, Bektemir va Oltin topgan ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.
29-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha Maxatma Gandi, Movarounnahr, Maxtumquli, Mirzo Ulug‘bek, Do‘rmon yo‘li, Ahmad Donish, Amir Temur shohko‘chasi, Shahrisabz, Istiqbol, Farg‘ona yo‘li, Bektemir va Oltin topgan ko‘chalari boʻylab oʻtadi.