Tashkent City Mall yaqinidagi ochiq osmon ostidagi "katok" qanday boʻladi?
Afisha.uz muharrirlari “Tashkent City Mall” savdo markazi yonida tashkil qilingan ochiq osmon ostidagi muz maydonida boʻlib, sinov jarayonlari va mashgʻulotlarga guvoh boʻldi hamda muz maydonida ba’zi suratlarni ulashadi.
Bugun, 27-dekabr kuni savdo majmuasi yonida ochiq osmon ostidagi konkida uchish maydonchasi ochiladi. Unda 2018-yilgi kishki Olimpiya oʻyinlarining ikki karra kumush medali sovrindori va figurali uchish boʻyicha ikki karra jahon chempioni Yevgeniya Medvedeva “Gul” va “Ayiqlar qoʻshigʻi” nomli ikkita bayram dasturini ijro etadi.
Bundan tashqari, figurali uchish boʻyicha ta’lim olayotgan mahalliy qizlar ham chiqish qiladi. Ular kecha mashgʻulotlar oʻtashdi.
Tantanali ochilish marosimidan soʻng muz maydoni barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi. U har kuni 14:00 dan 23:00 gacha ishlaydi. U yerda uchishga yordam beruvchi instruktorlar ham boʻladi.
Ochiq muz maydonida uchish narxlari quyidagicha boʻladi:
- kattalar uchun konki ijarasi bilan birga — 50 daqiqa uchun 100 000 so‘m;
- bolalar uchun konki ijarasi bilan birga — 50 daqiqa uchun 50 000 so‘m;
- kattalar uchun o‘z konkilari bilan — 50 daqiqa uchun 80 000 so‘m;
- bolalar uchun o‘z konkilari bilan — 50 daqiqa uchun 40 000 so‘m;
- murabbiy bilan bir mashg‘ulot — 50 daqiqa uchun 200 000 so‘m;
- muvozanat uchun “pingvincha” tayanchi ijarasi — 50 000 so‘m.
Tashrif buyuruvchilar muz maydonida uchish vaqitda bir qator qoidalarga amal qilishi kerak boʻladi:
- konkisiz muz ustiga chiqish taqiqlanadi;
- maydoncha chetiga yaqinroq yurish tavsiya etiladi;
- maydoncha xodimlarining ko‘rsatmalariga amal qilish shart;
- yiqilganda iloji boricha tezroq turish kerak;
- muz ustida uchish paytida yugurish va bir-birini itarish taqiqlanadi;
- ovqat va ichimliklar bilan muz ustiga chiqish ham man etiladi.