Toshkentdagi avtobuslar bayramona bezatildi

E’lon qilingan sana· 218
Toshkentdagi avtobuslar bayramona bezatildi

Poytaxtda Yangi yil munosabati bilan 80 ta avtobus bayramona bezatildi.

Salonlarda yorqin gulchambarlar, yangi yil yorliqlari, sharchalar va yaqinlashib kelayotgan bayramning boshqa ramzlarini ko‘rish mumkin

Bunday avtobuslar haydovchilari 25-dekabrdan boshlab Qorbobo kiyimida boʻladi.

Ba’zi “Sehrli avtobuslar” bolalarga maxsus sovgʻalar ham beradi.

Ushbu 80 ta avtobus qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishi maʼlum qilinmagan. Fotosuratlarda siz 13, 23, 77 va 94-avtobuslarni koʻrish mumkin.