Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket olti kun dam oladi
E’lon qilingan sana: · 570
Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Qaror bilan, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — payshanba kuniga ko‘chirildi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar — payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Shu tariqa:
- 28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
- 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
- 30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
- 2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Avvalroq ayrim oʻzbekistonliklar dekabrda 11 kun dam olishi xabar qilingandi.