Toshkent aeroportida kitob doʻkoni, yuk saqlash xonasi va yangi kafe tashkil qilinadi
Toshkent aeroportida kitob do‘koni, yuk saqlash xonasi va yangi kafe tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati.
Qayd etilishicha, tez kunlarda poytaxt aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida kitob do‘koni tashkil etiladi. Ushbu do‘kon uchun 20 kvadrat metr maydon auksionga qo‘yiladi. Lotning yillik boshlang‘ich qiymati 48 million so‘m etib belgilandi.
Xalqaro aviaqatnovlar terminalining uchib ketish zalida avtomatlashtirilgan yuklarni saqlash joyini tashkil etish uchun 8 kv.m maydon auksionga joylashtirilgan. Lotning boshlang‘ich bahosi — yiliga 144 million so‘m.

Ta’kidlanishicha, ushbu auksionlar 2025-yil 6-yanvar kuni E-auksion.uz elektron platformasida bo‘lib o‘tadi.