Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun royal oʻrnatildi
E’lon qilingan sana: · 361
Toshkent xalqaro aeroportining uchish zalida Yangi yil arafasida Toshkentdan uchayotgan yo‘lovchilar uchun sovg‘a sifatida royal o‘rnatildi. U duty free zonasida joylashgan.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining ta’kidlashicha, royal ajoyib koʻngilochar vositaga aylanadi va uzoq parvozdan keyin dam olish imkoniyatini yaratadi, tinglovchi va ijrochining kayfiyatini ko‘tarishga yordam beradi.
Weinbach T200 rusumidagi royal ajoyib ovoz xususiyatlariga va go‘zal tembrga ega. Ushbu musiqa asbobini chalish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan har bir yo‘lovchi mazkur royaldan foydalanishi mumkin.