Coca-Cola yuk mashinalarining Yangi yil karvoni O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanadi

E’lon qilingan sana· 1 063
Coca-Cola yuk mashinalarining Yangi yil karvoni O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanadi

19-dekabrdan boshlab Coca-Cola yuk mashinalarining bayramona Yangi yil karvoni O‘zbekistonning bir qancha shaharlari bo‘ylab sayohatini boshlaydi. Ushbu karvonning marshrutlar va sanalar e’lon qilindi.

Yangi yil karvonini Oʻzbekistonning to‘qqizta shahrida — Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Urganch va Nukusda ko‘rish mumkin.

Karvonni Namangan ko‘chalarida 19-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha ko‘rish mumkin.

Karvon 20-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha Andijon boʻylab harakatlanadi.

Farg‘ona bo‘ylab yuk mashinalari 21-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha harakatlanadi.

Samarqand ko‘chalarida yuk mashinalarini 23-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha koʻrish mumkin.

Qarshi shahri aholisi yangi yil karvonini 24-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha tomosha qilishlari mumkin.

25-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha yuk mashinalari Buxoro orqali harakatlanadi.

Karvon 26-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha Xiva ko‘chalari boʻylab harakatlanadi.

Yangi yil karvoni 27-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha Urganch bo‘ylab harakatlanadi.

Yuk mashinalarini Nukusda 29-dekabr kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha koʻrish mumkin boʻladi.