Foto: "Toshkent yoshlarni sevadi" konserti qanday oʻtdi?

E’lon qilingan sana· 596
Foto: "Toshkent yoshlarni sevadi" konserti qanday oʻtdi?

Toshkentda joylashgan “Alpomish” muz saroyida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi sarhisobiga bagʻishlangan gala-konsert tashkil qilindi.

“Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovining adabiyot, vokal, klassika, raqs, cholgʻu, tasviriy va amaliy san’at yoʻnalishi gʻoliblariga Toshkent shahar hokimligi tomonidan diplom, statuetka va esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahrining turli hududlarida faoliyat olib boruvchi yilning eng faol yoshlar yetakchilari tashakkurnoma, xorijga sayohat, dam olish maskanlariga yoʻllanma va boshqa xil qimmatbaho sovgʻalar bilan tantanali taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan soʻng tashkil qilingan oʻzbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Murod Yusuf
Fotosuratchi
Murod Yusuf