Yangi yil munosabati bilan 48 ta qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 698
Yangi yil munosabati bilan 48 ta qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Transport vazirligi qishki ta’til oldidan qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilishini e’lon qildi. 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi va vagonlar soni oshiriladi.

Qoʻshimcha reyslar:

  • “Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi;
  • “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 2024-yil 15-dekabrdan boshlab 30 ta qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi.

Qoʻshimcha vagonlar:

“Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent”, “Toshkent — Termiz — Toshkent”, “Toshkent — Urganch — Toshkent” va “Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.