Toshkent metropolitenidan ilk bor bir kunda 1 million yoʻlovchi foydalandi
E’lon qilingan sana: · 350
Toshkent metropoliteni oʻz tarixida ilk marotaba bir kunda 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi.
“Toshkent metropoliteni” DUK 1 millioninchi yoʻlovchiga esdalik sovgʻasi va metrodan bir yil bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini topshirdi. “Chinor” bekati hududida istiqomat qiluvchi Kozim Sohibovning aytishicha, bu mukofot u uchun mutlaqo kutilmagan hodisa bo‘lgan. U “Tuzel” stansiyasi hududidagi ishiga borish uchun har kuni metroda yurishini aytgan.
Eslatib oʻtamiz, 15-dekabr, yakshanba kuni poytaxtda qor yogʻdi. Buning ortidan metro foydalanuvchilari soni oshdi.