O‘zbekistonda uysiz hayvonlarga yordam ko‘rsatish maqsadida biznes birlashmoqda
Toshkentda uysiz hayvonlar uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan “MEHR” boshpanasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Purina” va “Korzinka”ning qo‘shma aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun ko‘plab mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham uysiz hayvonlar masalasi dolzarb hisoblanadi. Har bir jonivor mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik va uyga munosibdir. “Purina” brendi uy hayvonlarini oziqlantirish va parvarish qilish bo‘yicha mutaxassis sifatida aynan shu tamoyilga amal qiladi. Brendning maqsadi — uy hayvonlari va ularni sevuvchi insonlarning hayot sifatini oshirishga ko‘maklashish. Hayvonlar boshpanalaridagi volontyorlik aksiyalari esa bu maqsadni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Dekabr oyi boshida Toshkentda “Purina” O‘zbekiston xodimlari va yirik “Korzinka” chakana savdo tarmog‘i vakillarining “MEHR” boshpanasiga qo‘shma tashrifi bo‘lib o‘tdi. Aksiya davomida boshpanaga “Purina” brendidan ozuqa topshirildi, shuningdek, ishtirokchilar hududni tozalashda yordam berishdi.
“Hayvonlarga nisbatan mas’uliyatli munosabatni targ‘ib qilish “Purina"ning ustuvor ijtimoiy majburiyatlaridan biridir. Bunday tadbirlar jamiyatda hayvonlarga ongli va g‘amxo‘r munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynashiga ishonamiz. Bunga o‘xshash hamkorlik tashabbuslari kichik do‘stlarimizga nisbatan mas’uliyat madaniyatini yaratishda muhim qadam bo‘lmoqda”, — deya sharhladi Aleksandr Kamenskiy, Yevroosiyo mintaqasida “Purina” uy hayvonlari ozuqasi toifasini rivojlantirish bo‘yicha menejer.
“Korzinka” chakana savdo tarmog‘ida tadbir uy hayvonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yanada faol harakatlarga chaqiriq bo‘lishiga umid bildirildi.
“Biz uchun ‘Korzinka'da nafaqat mijozlar va xodimlarga g‘amxo‘rlik qilish, balki muhim ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qaratish muhimdir. Bunday tashabbuslar jamoani jipslashtiradi, har birimiz atrofimizdagi dunyoni yaxshilashga hissa qo‘shishimiz mumkinligini eslatadi. Biz yaxshilik va mas’uliyat qadriyatlari muhim o‘rin egallagan korporativ madaniyatni rivojlantirishga intilamiz”, — dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i HR direktori Vera Kudryashova.
“MEHR” boshpanasi vakillari e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.
“Har qanday yordam — bu bizning qaramog‘imizdagilar uchun oldinga tashlangan katta qadamdir. Biznes bilan hamkorlikdagi tashabbuslar hayvonlar uchun sharoitlarni yaxshilash va ularni himoya qilishga ko‘proq odamlarni jalb etish imkonini beradi”, — ta’kidlashdi “MEHR” boshpanasi vakillari.
Boshpanalarni qo‘llab-quvvatlash u yerda yashovchi mushuklar va itlarning turmush sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi va ularning keyinchalik oilalarga joylashish imkoniyatini oshiradi. O‘z hissangizni ozuqa, dori-darmonlar yoki issiq buyumlarni yetkazib berish orqali yoki hayvonlarni parvarish qilish va hududni tozalashda yordam taklif etish orqali qo‘shishingiz mumkin.
“Purina” uchun boshpanalarni qo‘llab-quvvatlash bir martalik aksiya emas, balki uzoq muddatli strategiyaning bir qismidir. Kompaniya nafaqat bugungi kunda hayvonlar hayotini yaxshilashga, balki ularga g‘amxo‘rlik qilish odatiy holga aylanadigan jamiyat yaratishga ham intilmoqda.
“Purina” brendi haqida
“Purina"da odamlar va uy hayvonlariga birgalikda yashash yaxshiroq ekanligiga chin dildan ishonishadi. 130 yil davomida Purina brendi eng yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga mos keladigan to‘yimli ozuqalarni ishlab chiqish sohasida peshqadamlardan biri bo‘lib kelmoqda.
2016-yilda “Purina” dunyoni uy hayvonlari uchun yanada ochiq va qulay qilish maqsadida “Purina jamiyatda” Yevropa tashabbusini ishga tushirdi. Kompaniya o‘z zimmasiga ijtimoiy majburiyatlarni oldi, jumladan, uysiz hayvonlar uchun egalarga topishga ko‘maklashish, bolalarga uy hayvonlariga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish bo‘yicha ta’lim dasturlarini o‘tkazish, uy hayvonlari salomatligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda yetakchilik qilish va boshqalar.
“Nestlé Purina Pet Care” dunyodagi yirik oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo‘lgan “Nestlé S.A.” guruhiga kiradi (bosh qarorgohi Shveytsariyada joylashgan).
Reklama huquqlari asosida.