Ananas bodringdan arzonroq: Yangi Qoʻyliq bozorida narxlar qanday?

E’lon qilingan sana· 136
Ananas bodringdan arzonroq: Yangi Qoʻyliq bozorida narxlar qanday?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati 6-dekabr holatiga ko‘ra Yangi Qo‘yliq dehqon bozori — “Food city” savdo majmuasi hamda “Eski juva „Chorsu“ dehqon bozori” ulgurji narxlari bo‘yicha kunlik ma’lumotni e’lon qildi.

Unga koʻra, Shayxontohur tumanida joylashgan “Chorsu” bozorida bir kilogram mol goʻshti narxi 60−70 ming soʻmdan sotilmoqda. Qoʻy goʻshti esa 65−70 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

“Food city” savdo majmuasida kartoshkaning bir kilogrami uchun minimum 3 500 soʻm, maksimum 6 200 soʻm narx belgilangan. 1 kg bodring eng arzoni 14 000 soʻm, maksimum 24 ming soʻm sotilmoqda. Pomidorni esa mos ravishda 7 000 va 19 000 soʻmdan xarid qilish mumkin. Banan 18 ming soʻmdan 24 ming soʻmgacha narxlangan.

Sitrus mevalar esa quyidagicha:

  • Apelsin: min. — 11 000; maks. — 20 000 soʻm;
  • Mandarin: min. — 12 000; maks. — 25 000 soʻm;
  • Ananas: min. — 13 000 soʻm; maks. — 21 000 soʻm.

Boshqa mahsulotlar narxlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi narxlar bir bozor va e’lon qilingan kun (16-dekabr) uchun aktual.