Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizgacha chegirma e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 312
Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizgacha chegirma e'lon qilindi

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

Chegirma barcha mahalliy yoʻlovchi poyezdlari uchun (CB/VIP toifali vagonlar va “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdidan tashqari) toʻliq chipta narxining 50% miqdorida taqdim etiladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvargacha amal qiladi.

Chiptalarni xarid qilish uchun talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishlari yoki chiptalarni elektron shaklda xarid qilish uchun eticket.railway.uz veb-saytidan foydalanishlari mumkin.