2024 va 2025-yillarda Toshkentda qayerlarda konkida uchish mumkin?

E’lon qilingan sana· 717
2024 va 2025-yillarda Toshkentda qayerlarda konkida uchish mumkin?

Muzda uchish qishda shugʻullanish mumkin boʻlgan mashhur, quvnoq, faol va romantik mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Afisha.uz bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun Toshkentda konkida uchish mumkin boʻlgan joylar haqida ma’lumot beradi.


Alpomish

Ushbu yopiq konki maydonchasi “Alpomish” muz saroyi ichida joylashgan. Konki maydonining yuzasi muzdan qilingan.

Narxi:

  • 30 daqiqa — 40 000 soʻm;
  • bir soat — 80 000 soʻm;
  • yordamchi stendlar (30 daqiqa) — 10 000 soʻm;
  • yordamchi stendlar (bir soat) — 20 000 soʻm;
  • trener xizmatlari — 35 000 soʻm;
  • instruktor xizmatlari (30 daqiqa) — 30 000 so‘m;
  • instruktor xizmatlari (bir soat) — 50 000 soʻm;
  • 12 ta mashgʻulot uchun — 500 000 so‘m;
  • 16 ta mashgʻulot uchun — 600 000 so‘m;
  • butun konki maydonini ijaraga olish (bir soat) — 3 000 000 soʻm.

Shuningdek, “Alpomish” muz saroyida sodiqlik dasturi (программа лояльности) mavjud:

  • seshanba kunlari talabalar uchun (talabalik guvohnomasi taqdim etilganda) — 10% chegirma (10 kishilik jamoa uchun — 50%);
  • payshanba kunlari “Ayollar kuni” — 30% chegirma.

Telefonlar: (+998) 95−171−8866, (+998) 95−171−6688.

Manzil.


Frozen Lake

Ushbu yopiq konki uchish maydoni Ice City koʻngilochar parki ichida joylashgan. Konki maydonining yuzasi muzdan qilingan.

“Ice City” bir necha tarixiy davrlar stilida qurilgan, jumladan, Viking davri va Oʻrta asrlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu yerda nafaqat konkida uchish maydonchasi, balki changʻi va snoubordda uchish uchun yopiq qor yoʻlakchalari ham mavjud.

Konki maydonigacha 10 000 soʻm turadigan kirish kartasini xarid qilish kerak.

Kattalar va bolalar uchun konkida uchish narxi: 30 daqiqaga 45 000 so‘m.

Boshqa attraksionlar uchun narxlar:

  • air ballon (bir seans) — 30 000 soʻm;
  • bob mountain (bir marta tushish) — 20 000 so‘m;
  • ice vertigo (bir marta tushish) — 15 000 soʻm;
  • kamic ice (bir marta tushish) — 20 000 soʻm;
  • mini cars (bir aylana) — 25 000 soʻm;
  • ski slope (30 daqiqa) — 45 000 so‘m;
  • speed skating (30 daqiqa) — 40 000 soʻm;
  • viking river (bir aylana) — 20 000 soʻm.

Sovuqotganlar uchun bepul jilet va nimchalar ta’minlanadi.

Telefonlar: (+998) 71−209−0077, (+998) 93−183−7002.

Manzil.


Humo Arena

Yopiq konkida uchish maydonchasi Humo Arena muz saroyida joylashgan. Konki maydonining yuzasi — muz.

Narx barcha yosh toifalari uchun bir xil boʻlib, konki va bir martalik paypoqlar ijarasini o‘z ichiga oladi.

Narxi:

  • 30 daqiqa — 50 000 soʻm;
  • bir soat — 80 000 soʻm.

Telefonlar: (+998) 94−800−5555, (+998) 55−501−0075.

Manzil.


Ice rink

Yopiq konki maydonchasi Riviera savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan. Konki maydonining yuzasi muzdan qilingan.

Konki maydoni oziq-ovqat maydonchasi yonida joylashgan — konkida uchish mashgʻulotidan keyin yoki undan oldin issiq ichimliklar ichish mumkin. Dam olish kunlarida bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun muz shousi tashkil etiladi, unda san’atkorlar chiqishlari va koʻngilochar dasturlar namoyish etiladi.

Narxi:

  • bolalar (9 yoshgacha) — 40 000 soʻm;
  • kattalar uchun — 45 000 soʻm.

Telefonlar: (+998) 99−400−7507, (+998) 95−125−2428.

Manzil.