Toshkentdagi bosh archa qayerda boʻladi?
E’lon qilingan sana: · 553
![Toshkentdagi bosh archa qayerda boʻladi?](/uploads/media/2024/12/33655d5150b4fd6260f440f1b94b6e45_l.webp)
Poytaxtda jami 15 ta archa oʻrnatiladi, ular yonida bolalar va kattalar uchun bayram tadbirlari oʻtkaziladi.
Poytaxt hokimligi asosiy archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bosh archa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda o‘rnatiladi. U 25-dekabrdan 10-yanvargacha, har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha ochiq boʻladi.
Asosiy Yangi yil archasi bilan bir qatorda, bayram tadbirlari quyidagi joylarda boʻlib oʻtadi:
- Bektemir tumani: “Coca-Cola” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Central Park” — 21-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Sergeli tumani: Tuman markaziy hiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Chilonzor tumani: “Magic city” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
- Yangihayot tumani: “Mehrigiyo” 24/7 savdo va xizmat koʻrsatish koʻchasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00.