Toshkentdagi bosh archa yaqinidagi yoʻllar mashinalar harakati uchun yopildi

E’lon qilingan sana· 497
Toshkentdagi bosh archa yaqinidagi yoʻllar mashinalar harakati uchun yopildi

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon yaqinidagi ko‘chalar Yangi yil bayrami munosabati bilan avtomobillar harakati uchun yopildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Cheklovlar 2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvariga qadar davom etadi.

Bu vaqt davomida quyidagi koʻchalarda avtomobillar harakati cheklanadi:

  • Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
  • Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
  • Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Yopilgan koʻchalarning xaritadagi koʻrinishi.

Avvalroq poytaxtdagi Yangi yil bosh archasi aynan mana shu yer — Milliy kutubxona qarshisidagi maydonda oʻrnatilishi haqida xabar berilgandi.