Toshkentda hafta oxirida havo +12 darajagacha koʻtarilishi va yomgʻir yogʻishi mumkin

E’lon qilingan sana· 239
Toshkentda hafta oxirida havo +12 darajagacha koʻtarilishi va yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent shahrida 9-dekabrdan 14-dekabrgacha qanday ob-havo kuzatilishi eʼlon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi havo bulutsiz boʻladi va harorat +2 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat -8 darajagacha pasayadi.

10-dekabr kuni kunduzi poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat +1 darajaga yetadi. Chorshanbaga oʻtar kechasi bulutsiz havo kuzatiladi, harorat -8 darajagacha tushadi.

Chorshanba kuni kunduzi esa poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lib, +3° gacha ko‘tariladi. Tunda esa biroz bulutli havo kuzatiladi, harorat -6° gacha tushishi kutilmoqda.

12-dekabr kuni ham havo biroz bulutli bo‘ladi, harorati +7° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo biroz bulutli boʻlishi va -3° gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin havo sezilarli darajada bulutli boʻladi, harorat esa +10° gacha koʻtariladi. Shanbaga oʻtar kechasi ham bulutli boʻladi, havo +4° gacha tushadi.

14-dekabr kuni havo bulutli bo‘lishda davom etadi, harorat esa +12° gacha ko‘tarilishi mumkin. Yakshanbaga oʻtar kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi (50% ehtimol bilan) va harorat +3° gacha tushishi kutilmoqda.