Poytaxtda avtobuslar Yangi yil bayramida qanday ishlashi ma'lum qilindi
E’lon qilingan sana: · 224
![Poytaxtda avtobuslar Yangi yil bayramida qanday ishlashi ma'lum qilindi](/uploads/media/2024/12/814dbc51395fd5cea82f651af6831195_l.webp)
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari poytaxtda avtobus yoʻnalishlari qay jadval asosida harakatlanishini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlari quyidagi jadval boʻyicha harakatlanadi:
- 2024-yil 14-dekabr, shanba — ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024-yil 30-dekabr, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024-yil 31-dekabr, seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Avvalroq oʻzbekistonliklar 2024-yil dekabr oyida ish haftasiga qarab 8 va 11 kun dam olishi ma’lum qilingandi. Jadval.