Yashil kelajakka hissa: “Siberian Wellness” qanday qilib ekologik halokatga qarshi kurashmoqda

E’lon qilingan sana· 383
Yashil kelajakka hissa: “Siberian Wellness” qanday qilib ekologik halokatga qarshi kurashmoqda

“Siberian Wellness” yil yakunlarini sarhisob qilib, kompaniyaning ekologik loyihalari va Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shgan hissasini ta’kidladi.

15-noyabr kuni “Siberian Wellness” kompaniyasi “100 Ga” ekologik loyihasi doirasida joriy yilda ikkinchi marta keng ko‘lamli daraxt ekishni amalga oshirdi. Bu safar sa’y-harakatlar butun dunyo bo‘ylab hali ham halokat oqibatlari sezilib turgan Orolbo‘yi ekotizimini tiklashga qaratildi.

Siberian Wellness” kompaniyasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoga ta’sir ko‘rsatgan fojiadan befarq qolmaydi. Bir paytlar sayyoradagi eng yirik ko‘llardan biri bo‘lgan Orol dengizi bugungi kunda ekologik halokat ramziga aylandi. 1960-yillarda keng ko‘lamli irrigatsiya ishlari natijasida dengizda suv sathi shiddat bilan pasaya boshladi, bu esa dengizning yo‘qolishiga va uning o‘rnida ulkan tuzli cho‘llarning paydo boʻlishiga olib keldi.

“100 Ga” loyihasi: 2024-yil yakunlari va yutuqlari

“100 Ga” — bu “Siberian Wellness” kompaniyasining ekotizimlarni tiklash va global ekologik muammolarga qarshi kurashishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbus. Loyihaning asosiy maqsadi har yili 100 gektar maydonda daraxt ekish bo‘lib, bu sayyoraning biologik xilma-xilligini tiklash uchun barqaror muhit yaratish imkonini beradi. Bu yil ekoloyiha 10 ta mamlakatni qamrab oldi, jumladan:

  • Rossiya, Vyetnam, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Gretsiya va Ozarbayjonga.

Joriy yilda kompaniya tomonidan 223,8 ming gektar maydonda 654 064 tup daraxt ekildi. Unda 4786 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Sobiq Orol dengizi hududidagi yerlarni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratildi.

Orolbo‘yi hududidagi “100 Ga” loyihasi ekotizimlarni tiklash va ekologik ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha global tashabbusning bir qismidir. Bu nafaqat hududning holatini yaxshilashga, balki kelajak avlodlar uchun tabiatni muhofaza qilish zarurligi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi.

Yoshlar va ekologiya

O‘zbekistonda daraxt ekish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi ko‘magida “Mening Orol dengizidagi bog‘im” loyihasi homiyligida o‘tkazildi. Tadbirda 159 kishi ishtirok etdi, jumladan:

  • kompaniya xodimlari va tadbirkorlari;
  • Toshkentdan kelgan ko‘ngillilar;
  • Qoraqalpog‘istonning 10 ta maktabidan 9−11 sinflarda oʻqiydigan 84 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari.

Yoshlarni ekologiya masalalariga jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Bu kelajakning ekologik muammolarini hal qilishi kerak bo‘lgan avloddir. 2025-yil O‘zbekistonda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani ham bu kabi tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Volontyorlik va an’analar

Tadbirkorlar va kompaniya xodimlari 5220 dona saksovul ko‘chatlarini sotib olish uchun mablag‘ yig‘ildi. Bugungi kunga qadar Siberian Wellnessning umumiy hissasi 14 220 ta saksovul ko‘chatlari va 500 ta sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni tashkil etdi.

Daraxtlarni ekishda an’anaviy marosimlar alohida rol o‘ynagan. Mahalliy aholi tomonidan ijro etilgan qoraqalpoq qo‘shig‘i tabiatning qayta tiklanishiga bo‘lgan umid ramziga aylandi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini butun dunyo uchun muhim bo‘lgan katta missiyaning bir qismi sifatida his qilishlarini ta’kidladilar.

Ekologik tahdid

Orol fojiasi Markaziy Osiyodan tashqariga chiqdi — uning tubidagi tuz hatto Antarktidada ham topilgan. Bu global ekologik muammo bo‘lib, jamoaviy sa’y-harakatlarni talab qiladi.

Kompaniya nafaqat daraxt ekishda faol ishtirok etadi, balki boshqalarni ekotizimlarni tiklash loyihalarida ishtirok etishga ilhomlantiradi.

“Siberian Wellness” o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yadi. Kelgusi yilda 10 ming tup ko‘chat ekish, shu orqali Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shish rejalashtirilgan. Kompaniya har bir yangi qadam insoniyatni ekologik barqaror kelajakka yaqinlashtirishiga ishonadi.

“Siberian Wellness”, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni ham faol qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, O‘zbekistonda kompaniya mahalliy xo‘jaliklarning o‘sishi va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga hissa qo‘shish orqali agrobiznesga yordam beradi. Bundan tashqari, kompaniya tashabbusi bilan chiqindi yig‘ish va ekologik yugurish — plogging bo‘yicha ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Salomatlik va ekologik ongni mustahkamlashga qaratilgan sport tadbirlari va ma’rifiy dasturlar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Telefon: (+998) 78−113−8767.

Sayt: siberianhealth.com
Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberianwellness_uzbekistan
Telegram: t.me/swuzbekistan
YouTube: @SiberianWellnessUzbekistan

Reklama huquqlari asosida.