CAEx Baraka Friday katta savdo yarmarkasida 70% gacha chegirmalar taklif etadi

E’lon qilingan sana· 1 180
CAEx Baraka Friday katta savdo yarmarkasida 70% gacha chegirmalar taklif etadi

10-15-dekabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida – “Baraka Friday” o‘tkaziladi. Tadbir mehmonlarini 70% gacha chegirmalar, keng assortimentdagi mahsulotlar, 100 dan ortiq brendlar va “SPARK” avtomobilini yutib olish imkoniyati kutmoqda.

CAEx ko‘rgazmalar markazida katta savdo yarmarkasi boʻlib oʻtadi. “Baraka Friday"da mehmonlar 70% gacha chegirmalarga ega boʻladilar.

CAEx Baraka Friday’da nimalarni xarid qilish mumkin?

Yangi yil arafasidagi shoshqaloqlik, yaqinlar uchun sovg‘a izlash — bularning barchasi eng ko‘p kutilgan bayramlardan biriga tayyorgarlik ko‘rishdagi yoqimli tashvishlar. Ammo bu tashvishlar haqiqatan ham quvonchga aylanishi uchun zarur narsalarni oldindan sotib olish muhim. Masalan, “CAEx Baraka Friday"da o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun o‘ziga xos narsalarni topishingiz mumkin. U yerda nafaqat qulay narxlardagi mahsulotlar taqdim etiladi, balki bayramona kayfiyat ham yaratiladi.

Mahsulotlar assortimenti turli qiziqish va afzalliklarga mo‘ljallangan. Moda ixlosmandlari uchun zamonaviy kiyim-kechak va aksessuarlar to‘plamlari ko‘zda tutilgan, maishiy texnika va elektronika muxlislari yangiliklarni topishlari mumkin, qo‘lda yasalgan buyumlar va keng assortimentdagi atir-upalar esa sovg‘alar tanloviga o‘ziga xoslik qo‘shadi. Shuningdek, yarmarka mehmonlari oziq-ovqat mahsulotlari, xona o‘simliklari, musiqa asboblari va boshqa ko‘plab qiziqarli mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin. Ulardan:

  • “Artel”, “Askona”, “AVALON”, “Hofmann”, “Flowers Garden”, “Radius”, “AHMAD TEA”, “Fratelli Casa”, “BeautyBox”, “Yamaha” musiqa asboblari, “Goodwell”, “GEFEST” va boshqa ko‘plab brendlar o‘z mahsulotlarini maxsus narxlarda taqdim etadi.

“CAEx Baraka Friday"dagi mahsulotlarning keng assortimenti xaridorlarga sovg‘a izlab butun shahar bo‘ylab yurish zaruratini yoʻq qilib, vaqtni tejash imkonini beradi.

“Yangi yil arafasida yarmarkadagi hamkorlarimiz ayrim mahsulotlar bo‘yicha 70 foizgacha chegirmalarni taklif qilmoqda. Odatda, bu vaqtda kompaniyalar faollashadi: turli aksiyalarni o‘tkazadi, xaridorlarga maxsus takliflarni taqdim etadi va bu o‘zi yoki yaqinlari uchun sovg‘alarni sotib olishda tejash uchun ajoyib imkoniyatdir”, — dedi CAEx ko‘rgazma markazi operatsion direktori Mario Pineyro.

SPARK avtomobilini yutib olish

Baraka Friday’da 50 000 so‘mdan ko‘proq xarid qilgan tashrif buyuruvchilar “Baraka Friday’dagi katta yutuqli o‘yin” doirasida “SPARK” avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu nafaqat foydali xaridlarni amalga oshirish, balki ixcham shahar avtomobili egasi bo‘lish imkoniyatidir.

Avtomobilni yutib olish shartlarining batafsil ma’lumotlari tadbirning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Yarmarka ish jadvali

Katta savdo yarmarkasiga 10−15-dekabr kunlari tashrif buyurish mumkin.

  • 10-dekabr, seshanba: 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 11-dekabr, chorshanba: 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 12-dekabr, payshanba: 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 13-dekabr, juma: 10:00 dan 20:00 gacha;
  • 14-dekabr, shanba: 10:00 dan 20:00 gacha;
  • 15-dekabr, yakshanba: 10:00 dan 17:00 gacha.

Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yarmarka dam olish kunlari kechgacha davom etadi. Barcha tashrif buyuruvchilar uchun kirish bepul.

Yarmarka manzili: Mirzo Ulug‘bek t-ni, “Barkamol” MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: CAU universiteti (sobiq AKFA universiteti).

Telefon: (+998) 78−113−33−33.
Sayt: barakafriday.caexuzbekistan.com
Instagram: @caex_baraka_friday
Telegram: t.me/caexuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.