Dam olish kunlari Toshkentda qor yogʻadimi?

E’lon qilingan sana· 1 577
Dam olish kunlari Toshkentda qor yogʻadimi?

Juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

7-dekabr kuni respublika shimolining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi.

Havo harorati asosan kechalari −3…+2 daraja, kunduz kunlari +2…+7 daraja, shimolda kechalari −3…−8 daraja, kunduz kunlari −2…+3 daraja bo‘ladi.

8-dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0…-5 daraja, shimolda kechasi −5…−10 daraja, kunduzi −2…−7 darajani tashkil etadi.

8-dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi.

Toshkent shahrida 6−7-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 m/s telikda esadi. Harorat asosan kechalari −1…+1 daraja, kunduz kunlari +2…+5 daraja bo‘ladi.

8-dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi −2…−4 daraja bo‘ladi.

Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari −5…−10 darajagacha (Toshkentda −6…−8 darajagacha), shimolda −13…−18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.