Yandex Go xizmati Navoiyda faoliyat boshladi

E’lon qilingan sana· 178
Yandex Go xizmati Navoiyda faoliyat boshladi

“Yandex Go” xizmati Navoiyda ham ish boshladi. Bu xizmat rasman faoliyat yuritayotgan Oʻzbekistondagi 16-shahar boʻldi.

Xizmatdan foydalanish uchun, App Store yoki Google Play orqali Yandex Go‘ning bepul mobil ilovasini yuklab olish va u yerda akkaunt yaratish kerak. Taksiga buyurtma berish uchun manzilni kiritish yoki xaritada nuqtani belgilash kifoya qiladi, ilova mashina necha daqiqada yetib kelishini va uni qanday topish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yo‘l haqini naqd pul yoki ilovada biriktirilgan karta orqali to‘lash mumkin.

Yoʻl haqi minimal narxi 4000 soʻmdan boshlanadi. Masalan, “Vosxod” bozoridan “Yangi Hayot” supermarketigacha boʻlgan yoʻl 4500 soʻm atrofida boʻladi.

Yandex Go ilovasi xaritalar, navigatsiya va buyurtmalarni taqsimlashning aqlli tizimi kabi Yandex texnologiyalaridan foydalanadi.

Ushbu xizmat Navoiydan tashqari O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Jizzax va Guliston kabi 15 shahrida ham mavjud.