Toshkentdan Xoʻjakentga yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 431
Toshkentdan Xoʻjakentga yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

3-dekabrdan “Toshkent — Xoʻjakent — Toshkent” yoʻnalishida yangi tezyurar elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Elektropoyezdlar quyidagi jadval boʻyicha harakatlanadi:

  • Toshkent 06:18 — Xoʻjakent 07:42;
  • Xoʻjakent 08:02 — Toshkent 09:17;
  • Toshkent 12:53 — Xoʻjakent 14:03;
  • Xoʻjakent 14:33 — Toshkent 15:48;
  • Toshkent 18:10 — Xoʻjakent 19:20;
  • Xoʻjakent19:45 — Toshkent 21:03;

Poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan jo‘naydi. Poyezd Shimoliy vokzalda ham to‘xtaydi, biroq faqat 2 daqiqa turadi, xolos. Salar stansiyasida ham xuddi shunday. Shundan so‘ng poyezd Xoʻjakentdagi terminalgacha toʻxtovsiz harakatlanadi.

Yangi tezyurar poyezd poytaxtdan Xoʻjakentga 1 soat-u 24 daqiqa yetib boradi.

Bitta chipta narxi:

  • umumiy — 20 000 soʻm;
  • bolalar uchun — 11500 so‘m.

Yangi poyezdning ichki koʻrinishi quyidagicha:

Shu bilan birga, muntazam jadval bo‘yicha harakatlanuvchi elektropoyezdlarning harakatlanish jadvali o‘zgarishsiz qolmoqda — ular belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanishda davom etadi.